Badiy kitoblar [1] |
Ensiklopediya [1] |
Ertaklar [2] |
Qiziqarli [0] |
[1] | |
Dior - Kamtar dior.mp3 () |
[2] | |
Justin Bieber feat - Chris brown christmas () |
[3] | |
Dior feat IBO - Daewoo n1 () |
[4] | |
Nigaf () |
[5] | |
n!gga feat. koma & elnurshox - Согиндим Лек Кайтмайман () |
[6] | |
Ummon - azob () |
[7] | |
Shoxrux - Keragimsan () |
[8] | |
Rihanna - Stupid In Love () |
[9] | |
Shoxrux - O tebe () |
[10] | |
Shodmon xofiz () |
Admin:Shavkat
E-mail:lovemp3@bk.ruГлавная » Статьи » kitoblar » Badiy kitoblar |
PALOVGA E’TIBOR (Pazanda maslahati) Palov sharq xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan ovqat bo‘lib, revolyutsiyadan oldin uni qo‘l bilan yeyishgan. Boy-feodallar mehnatkash xalqni palovni to‘g‘ri iste’mol qilishdan mahrum qilib kelganlar. Ular bir lagan oshni yetti-sakkiz kishining o‘rtasiga qo‘yib, kim qancha osham olishini hisoblamagan holda ular orasiga nizo solishga uringanlar. Ana shuning natijasida oshatish va lagan tagida qolgan yoqqa famil choy quyib ichish kabi yaramas odatlar vujudga kelgan. Palovni o‘tmishda amaldorlar va to‘ralar iste’mol qilganlar. Ana shuning uchun bo‘lsa kerak, ekspluatatorlar palovga «Palovxonto‘ra» deb nom berganlar. Mana shu o‘tmish sarqitini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlash maqsadida, palovdan to‘g‘ri qo‘llanish tadbirlari izchillik bilan ishlab chiqildi. Har bir kishiga kalkulyatsiya bo‘yicha, alohida kosa yoqi tarelkada palov suziladi. Ayrim hollarda lagani bilan o‘rtaga qo‘yib, har kishiga bittadan tarelka beriladi. Iste’molchi o‘rtoq kerakligini qoshiq bilan olib, o‘z tarelkasiga soladi. Shuni ham alohida qayd qilib o‘tish kerakki, har qoshiq solganda ikkitadan go‘sht olishga chek qo‘yish payti keldi. Palovdan
to‘g‘ri foydalana bilish kerak. Qazilik palov yoz oylarida zo‘rlik qiladi.
Ba’zi oshxo‘r o‘rtoqlarimiz Shuni qayd
qilib o‘tish lozimki, devzira guruchning palovi famil choyni xush ko‘rmaydi,
aksincha to‘qson beshinchi ko‘k choy unga eng munosib chanqov bostidir. Keyingi
paytlarda oshxo‘rchiligimizda yana bitta yomon xususiyat sezilmoqda: Keyingi suhbatimizda chuchvarani qanday tugish va uni qozonning qaysi tarafidan tashlash haqida maslahat beramiz. Said Ahmad LA’LI BADAXSHON Uning asli ismi La’lixon bo‘lsa ham, dugonalari La’li Badaxshon deb chaqirardilar. La’li Badaxshonning asl basharasi qanaqaligini hali hech kim bilmaydi. Men ham uni o‘n yildan beri taniyman. Ammo basharasidagi chorakam bir kilo bo‘yoq asli yuzining qanaqaligini bildirmaydi. Sochi haligacha o‘rim ko‘rmagan. Qosh-ko‘zini tutib ketgan sochlari yelkasi-yu, quloq-chakkasidan aylanib, xuddi kalta paranji yopinganga o‘xshatib ko‘rsatadi. Qoshi qoramoy surtgandek yiltiraydi. Kipriklariga negadir havo rang bo‘yoq surtgan. Qizil siyoh ichgandek labi qip-qizil. Ko‘ylagi hamisha tizzasidan yuqorida turadi. Birov bilan xayrlashayotganda panjalarini qo‘ltig‘ining tagiga oborib qimirlatadi. U kinoni, tantsani, mashinada yurishni jonidan yaxshi ko‘radi. (Shuni ham aytib qo‘yayki, bir o‘tirganda ikki kilo morojniyni ko‘rdim demaydi). Qachon qarasangiz, jag‘i qimirlab turadi. Yo shokolad, yo konfet so‘rib turganini ko‘rasiz. Mana shu La’li Badaxshon o‘zi tengi yigitlarni nazariga ilmay yurardi. Mashinasi bo‘lmasa, teatrlarda oldinda o‘tirmasa, oladigan maoshi o‘zidan ortmasa, nima qizig‘i bor? Er bo‘lgandan keyin moyanasiga qo‘shimcha pensiyasi ham bo‘lishi kerak-da. Xullas, La’li Badaxshon niyatiga yetib, tepakal, qaddi sal bukilganroq erga chiqdi. Agar La’li Badaxshonning yigirma ikki yoshini kuyovning yetmish sakkiz yoshiga qo‘shsa, yangi yilda roppa-rosa yuzga kirishar ekan. Erining maoshi mo‘ljaldan sal oshiqroq, kattagina pensiya ham oladi. Uning ustiga «Volga»si bor. Sal kunda La’li Badaxshon erini o‘z kepatasiga solib oldi. Unga tor shim tiktirdi. O’pkadek qip-qizil galstuk taqib qo‘ydi. Tepa tarafida sochi bo‘lmasa ham, yon tomoniga ishonib, chakkasidagi popratkasini ustaraning tig‘idek uchli qildirdi. Soqol ham qulog‘ini ushlagancha ketdi. Tupukdekkina mo‘ylovining o‘zi qoldi. Endi kuyov to‘ra tsirkning otidek gijinglab, kelin bolaning ketidan sumka ko‘tarib yuradigan bo‘ldi. Omonat kassadagi pullarning rangi o‘cha boshladi. Restoran cholg‘uchilari ular stolga o‘tirishlari bilan tepalariga kelib, surnay chalishadi. Kuyov yasharish uchun ertalab turib radioning qulog‘ini buraydigan, jismoniy tarbiyani oxirigacha ado etib, tokning zangidek bujmayib qolgan bo‘yinlarini ho‘l sochiq bilan avval ko‘karib, keyin qizarib ketguncha ishqaydigan bo‘ldi. Bugun yangi yil arafasida shaxsiy «Volga»ning bagajxonasini to‘ldirib bozordan qaytayotganlarida kuyov bola yo‘l chetida olazarak bo‘lib turgan o‘rta yashar chiroy-ligina juvonni ko‘rib, besaranjom bo‘lib qoldi. Mashi-nadan tusha solib, unga qarab yugurdi. La’li Badaxshon uning bu ahvolini ko‘rib, hang-mang bo‘lib qoldi. Bu qanaqa sharmandalik? O’z xotinining ko‘z oldida-ya! La’li Badaxshon undan ko‘zini uzmasdi. Eri bo‘lsa, juvonni bag‘riga bosib ko‘rishdi. Uni avaylab skameykaga o‘tqazdi-da, yelkasiga qo‘lini tashlab, nimalardir deya boshladi. La’li Badaxshon chidamadi. Zarda bilan ular tarafga yurdi. Qarasa, eri juvonning ikki qo‘lini hovuchlari orasiga olib iljaydi. La’li Badaxshonning jon-poni chiqib ketay dedi. Eri yonini kovlab karmonini oldi. Undan ikkita ellik so‘mlik olib, juvonga uzatdi. La’li Badaxshonning sabri tugadi. Tars-turs yurib, ular tepasiga keldi. Eri dik o‘rnidan turdi-da, juvonga uni tanishtira boshladi. — Maston, buving bilan tanishib qo‘y. La’li Badaxshon shoshib qoldi. Chunki u yigirma ikki yoshga kirib, ellik yashar nevarasini endi ko‘rayotgan edi. | |
Просмотров: 850 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0 | |